“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: qonun ustuvorligi va raqamli davlat boshqaruvi muhokamada
2026-01-14 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
🔸Tadbirda Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔹 Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini bugungi real sharoit, yangi ustuvor vazifalar va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish zarurligi alohida qayd etilgan.
🔹 Matbuot anjumanida strategiya loyihasida davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari sohasini to‘liq raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilanganligi ma’lum qilindi.
📌 Xususan:
▪️davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shaklda ko‘rsatish sonini kamida 400 taga yetkazish;
▪️100 dan ortiq davlat xizmatlari muddatlarini 50 foizga qisqartirish;
▪️500 ga yaqin xizmatlar tartib-taomillarini soddalashtirish;
▪️110 dan ortiq hujjat va ma’lumotlarni talab qilishni to‘liq bekor qilish;
▪️mahalliy hokimiyatlarda “byurokratiya – nol” tamoyilini to‘liq joriy etish rejalashtirilgan.
🔸Matbuot anjumani yakunida mas’ullar jurnalistlarning savollariga batafsil javob berib, takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi xalqchil, ochiq va aniq natijalarga yo‘naltirilgan hujjat bo‘lishini ta’kidladilar.






