Xorazm viloyat adliya boshqarmasida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
2026-01-13 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son farmoniga asosan, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashi belgilangan.
✅ Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasida viloyat statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
▫️Unda viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
🔰 Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi vakili tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati, bosqichlari va metodologiyasi, shuningdek, ma’lumotlarning ishonchliligi va maxfiyligini ta’minlash masalalari, ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi, texnik talablar haqida amaliy misollar bilan taqdimot asosida atroflicha ma’lumotlar berildi.
✔️ Seminarda ishtirokchilar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tegishli axborot portalida ishlash yuzasidan zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
🟢 Tadbirning ikkinchi qismida adliya xodimlariga takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlarni aks ettiruvchi taqdimot namoyish etildi.
📌 “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqilib, ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilganligi, jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.
⚖️ Shuningdek, tadbirda O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda "Kelajak uchun" forumida "Sud-huquq tizimini zamonaviy qarashlar asosida rivojlantirish" yo'nalishi doirasida sifatli tashabbuslar bilan ishtirok etish bo'yicha ma'lumotlar berildi.
❗️Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.








