Adliya vaziri o'rinbosari M.Allakuliyev Toshkent davlat yuridik universitetida bo'ldi.
2025-12-30 12:50:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹Vazir o'rinbosari Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF – 232–son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
🔸Tadbir davomida universitet o‘quv jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, yuridik klinika faoliyati, Universitetning zamonaviy kampusini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirdi.
🔺Taqdimotda kelgusida Universitetda amalga oshiriladigan ishlar, elektron ta’lim platformalarining integratsiyasi va Universitetning zamonaviy kampusini barpo etish ishlarini jadallashtirish yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi.



