Buxoro viloyatiga xos bo‘lgan “Sofi Oshi” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2025-12-25 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

📜 Ushbu maqom “Sofi Oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi, taomning sifati va haqiqiyligini kafolatlaydi hamda Buxoro viloyatining boy gastronomik merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
📍 Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga xosligi va uning o‘ziga xos sifati aynan shu hudud bilan uzviy bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
😎 Milliy qadriyatlarimizni asrash va hududiy brendlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam!
