VORISLIK HUQUQINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI
2025-12-19 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Toshkent Davlat yuridik universiteti vakillari, O‘zbekiston Notarial palatasi rahbar va mutaxassislari hamda notariuslar ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekistonda amaldagi vorislik huquqi yo‘nalishida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, qonunchilik sohasiga shiddat bilan kirib kelayotgan raqamlashtirish va islohotlar, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borishi tufayli yangidan-yangi meros turlari va huquqi paydo bo‘layotgani haqida so‘zladilar.
Shuningdek soha mutaxassislari tomonidan “Facebook”, “Instagram”, “Youtube” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda meros qolishi mumkin bo‘lgan elektron meros turlari, ularga kelajakda meros huquqini berish va notarial tasdiqlash haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida qonunchilikni takomillashtirish uchun bir qator taklif va tavsiyalar berildi.



