Bugun, Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
2025-12-18 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

🧑🏻💻Unda ommaviy axborot vositalari, blogerlar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔺Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i tomonidan tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot ma'lumot berdi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga vazirlik mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi hamda ularning takliflari tinglandi.







