Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
2025-12-15 11:05:00 / Vazirlik yangiliklari

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 12-dekabr kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 20 nafarga (5 nafari onlayn tarzda) yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining uy-joy, tadbirkorlik, sud ekspertizasi, advokatura, mehnat qonunchiligi va intellektual mulk masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi joyida qanoatlantirildi va 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 15 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.









