Adliya vazirligi delegatsiyasi Yaponiyada
2025-12-03 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹Adliya vazirligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.
🔸Joriy yilning 3-dekabr kuni Yaponiya adliya vaziri o‘rinbosari Fukuyama Mamoru bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Uchrashuv davomida har ikki davlat Adliya vazirliklarining huquqiy sohadagi o‘zaro hamkorligini davom ettirishga doir masalalar muhokama qilindi.

