Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-11-25 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

📆 Bugun, 25-noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etib, sohada olib borilayotgan islohotlar, o‘tgan davrdagi natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
🔹Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Kengash raisi J. Nuritdinov sud ekspertiza yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–270-son qarori va Qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga ishlar hamda “E-ekspertiza” elektron platformasi orqali sud-tergov organlari hamda ekspertiza muassasalari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvini to‘liq yo‘lga qo‘yish masalalari alohida ta'kidlandi.
📌 Yig‘ilishda quyidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi:
– “Raqamli sud ekspertizasi” (Digital forensics)ni tushuntirishga qaratilgan atamalar va ta’riflar lug‘ati;
– “Genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash bo‘yicha" uslubiyot;
– "Portlashni foto va videoyozuv bo‘yicha dastlabki o‘rganish metodikasi, portlash yo‘nalishining tabiatini aniqlash bo'yicha" uslubiyot va boshqalar.




