Adliya vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonda
2025-11-25 12:40:00 / Vazirlik yangiliklari
🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi joriy yilning 24–28-noyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga xizmat safarida bo'ladi.
🔹Safar maqsadi – aholiga va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish, ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish.
❗️Delegatsiya a’zolari xizmat safari davomida:
🔹 “ASAN Xidmət” markazlari faoliyati, elektron navbat tizimi va raqamli xizmatlar bilan tanishmoqda;
🔹 davlat xizmatlari dizayni, monitoring, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt bo‘limlari bilan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda;
🔹 tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining elektronlashuvi bo‘yicha tajriba almashmoqda;
🔹 “INNOLAND”, “ABAD”, “Bilim Bakı”, ASAN mobil avtobus kabi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Mazkur xizmat safari davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulaylik, shaffoflik va samaradorlikni oshirish, shuningdek O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
