Zamonaviy xizmatlar uchun zamonaviy qonunlar
2025-11-21 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹Bugun, 21-noyabr kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat 50 dan ortiq ishtirokchi davlat xizmatlarining qulayligi, sifati va inklyuzivligini oshirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qildi.
🔹 EI elchisi Toivo Klaar:
“Yangi kompleks qonun har bir fuqaroning teng va sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.”
📌 Davra suhbatida quyidagi muhim tahliliy hujjatlar taqdim etildi:
— my.gov.uz platformasining samaradorligi bo‘yicha tahlil;
— davlat xizmatlaridagi to‘siqlar va kechikishlar bo‘yicha 2022–2024-yillar kesimidagi tadqiqot;
— “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi konsepsiyasi.
🔹Hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda xizmatlarni yanada tezkor, qulay va fuqaroga yo‘naltirilgan qilishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ta’kidlandi.
🔹 BMTTD doimiy vakili Akiko Fuzzi:
“Fuqaroga yo‘naltirilgan xizmatlar — davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning mustahkam omili.”
🔺Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.








