Adliya vazirligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
2025-11-11 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

🔸Bugun, Adliya vazirligi tomonidan “San’at va ijod himoyasi” oyligi yakunlari, erishilgan natijalar hamda sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni muhokama qilish yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.
🔹Unda, Adliya vazirligi rahbariyati hamda oylikni munosib o‘tkazish hamda yoritishda yaqindan amaliy yordam ko‘rsatgan hamkor tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
🔸Oktabr oyida mamlakatimiz bo‘ylab ilk marotaba o'tkazilgan oylik doirasida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
🔹Xususan,
▪️40 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi;
▪️10 dan ortiq holatda huquqbuzarlarga nisbatan majburiy taqdimnomalar kiritildi;
▪️20 ga yaqin ogohnomalar chiqarildi;
▪️ 10 dan ortiq ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnoma sudga yuborildi.
🔸Shu bilan birga, oylik davomida 90 dan ortiq seminar-treninglar tashkil etilib, minglab talaba va tadqiqotchilarning mualliflik huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
🔹Raqamlashtirish sohasida ham faol ishlar olib borildi: “Kiberxavfsizlik markazi” bilan hamkorlikda dasturiy ta’minot sohasida huquqiy himoya mustahkamlandi, 40 ga yaqin noqonuniy veb-saytlar faoliyati to‘xtatildi.
🔸Tele va radiokanallarda 20 dan ortiq ko‘rsatuv va dasturlar efirga uzatildi, 200 dan ortiq targ‘ibot postlari e’lon qilindi.
❗️Adliya vazirligi o‘zining doimiy maqsadi – muallif va ijodkorlar manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnatini qadrlash va intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.







