Budjet intizomini kuchaytirish, xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2025-02-21 17:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 21-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir o‘rinbosari A.Kadirxodjayev hamda Hisob palatasi mas’ul xodimi D.Nigmatov boshchiligida “Budjet intizomini kuchaytirish, xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha joriy yilda doimiy nazorat olib borish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan qo‘shma qaroriga muvofiq 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar atroflicha tahlil qilinib, Budjet intizomini kuchaytirish, xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra qo‘shma qaror doirasida 2025-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni tasdiqlash va ijrosini ta’minlashga kelishib olindi.