“GIDROINGEO instituti” DM O‘zbekiston olima ayollari Forumi doirasidagi tanlovda g‘olib bo‘ldi
2025-02-12 15:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirokida O‘zbekiston olima ayollari Forumi boʻlib oʻtdi.

Forum dasturida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar – 2024” loyihalar tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirish marosimi ham o‘tkazildi.
Xususan, Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi olima ayollarining “Zilzila darakchilarini bashoratlash maqsadida seysmofaol maydonlarning elektron gidrogeodinamik maʼlumotlar bazasi va interaktiv xaritasini yaratish” mavzusidagi loyiha bo'yicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi hamda 750 mln. soʻmlik sertifikat bilan taqdirlandi.