Elektron hujjatlar almashish samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
2025-01-23 17:50:00 / Yangiliklar
2025-yil 23-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Raqamli hukumat” tizimi doirasida elektron hujjatlar almashish samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda “Unicon Soft” MChJ mutaxassislari tomonidan “edo.ijro.uz” tizimidan samarali foydalanish, tizimning afzalliklari, hujjat yaratish, kelishish, imzolash, tahrirlash va boshqa qulayliklar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida vazirlik xodimlari tizim bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.