Asosiy kontentga o'tish

Kon-geologiya faoliyati yuzasidan nazorat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzurida kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi tashkil etilgan.

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yer qa'rini geologik o'rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik ta'minlash borasida yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo'yicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qaror va xulosalari yer qa'ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;

mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo'qotilishiga yo'l qo'yilganligini aniqlash va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko'rish.

huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ilg'or uslublarni joriy etish, idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, o'z faoliyatida zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini keng qo'llash;

foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish aniqlangan holatlar bo'yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, marksheyderlik ishlarini amalga oshirgan holda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash;

aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari to'g'risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qo'llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

1168

Oxirgi yangilanish: 2024-02-14 17:29:38