Asosiy kontentga o'tish

Vazirlik haqida

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Vazirlik, tegishli hududiy bo‘linmalar va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, g‘aznachilik shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi yagona g‘azna hisobvarag‘iga ega bo‘ladi.

Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
qisqartirilgan nomi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства Республики Узбекистан;;
qisqartirilgan nomi — Минстройкомхоз;
 
Vazirlikning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy, 100011

972

Oxirgi yangilanish: 2024-05-28 14:14:57