Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan aholiga yanada qulayliklar yaratish borasida ishlar davom etmoqda
2025-06-26 19:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan aholiga yanada qulayliklar yaratish borasida ishlar davom etmoqda.
Xususan, Toshkent tumani “Ozodlik” mahallasida joylashgan koʻp qavatli uylar ham bosqichma-bosqich joriy taʼmirdan chiqarilmoqda.
Mazkur taʼmir ishlari doirasida uylarning tom qismlari yangilanib, tashqi devorlari zamonaviy materiallar bilan qoplanmoqda. Shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalari — suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi va elektr tarmoqlari ham tekshirilib, kerakli holatlarda yangilanmoqda.
Aholi fikriga koʻra bunday oʻzgarishlar nafaqat turar joy sharoitini yaxshilaydi, balki mahallaning umumiy qiyofasini ham tubdan oʻzgartiradi. Fuqarolar tashabbusi va davlatning koʻmagi bilan amalga oshirilayotgan bu ishlar mahallada ijobiy kayfiyat va birdamlikni kuchaytirayotgani barchaga maʼlum.
Taʼmirdan chiqqan uylar nafaqat mustahkamligi, balki estetik koʻrinishi bilan ham alohida eʼtiborga loyiq.

