Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Jizzaxda ta’lim sohasida ochiq muloqot o‘tkazdi
2025-04-03 09:25:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatida ta’lim sohasida ochiq muloqot o‘tkazib, ta’lim sohasida amalga oshirlayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastaval Ustozlar, ilmiy konferensiyalar va tanlovlar mavzusida yangi takliflar muhokama qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatida viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ustozlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ham ishtirok etdi. Tadbirda ta’lim sohasining rivojiga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Vazir Hilola Umarova muloqot davomida yurtboshimizning ta’lim sohasiga ko‘rsatayotgan alohida e’tiboriga to‘xtalib, ta’limni rivojlantirish borasida barchaning birdek mas’uliyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, davlat rahbarining 51-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi, mazkur Farmon mazmuni va mohiyati keng jamoatchilikka yetkazishda muhim vazifalar belgilab olindi.
Muloqotda ta’lim sohasidagi barcha ishtirokchilarning fikr va mulohazalari e’tiborga olinib, shu bilan birga, ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda ish olib borish borasida kelgusidagi rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bu kabi ochiq muloqotlar ta’lim sohasida yuzaga kelgan yangi imkoniyatlar va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda muhim o‘rin tutadi.
Shu bilan birga, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Sharof Rashidov tumanidagi 32-maktabda bo‘ldi. Bu yerda Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ularda matematika, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Bundan tashqari Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat instituti andozasida qurilayotgan Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi binosi, qurilish ishlari bilan tanishildi.
Markazda faoliyat yuritayotgan 23 mingdan ortiq o‘qituvchilar, 4 mingdan oshiq maktabgacha ta’lim mutaxassislari malakasini oshirish uchun yetarli moddiy va ilmiy imkoniyatlarga ega bo‘lishi, asosiy talab sifatga qaratilishi kerakligi aytildi.
Jizzax viloyatida o‘tkazilgan muloqot, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va yosh avlodga yuqori sifatli ta’lim berishda yangi bosqichni boshlab beradi albatta.






