Jizzaxda profilaktik tadbir o'tkazildi
2024-11-29 08:10:00 / Yangiliklar
Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va SCHR batalyoni, Jizzax viloyati adilya boʻlimi hamda jamoatchilik kengashi xodimlari hamkorlikda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida "Yuksak harbiy intizomni saqlash har bir harbiy xizmatchining burchidir" mavzusida profilaktik tadbir o'tkazildi.

Tadbirda harbiy bo‘linmalarda ichki tartibni saqlash, harbiy intizom holatiga barcha pog‘onadagi komandirlar (boshliqlar) va ularning o‘rinbosarlari javobgarligi, ular doimo yuksak harbiy intizomni saqlashga, o‘z bo‘ysunuvchilardan unga rioya qilishni talab etishga, munosiblarni taqdirlab, layoqatsizlarga qattiqqo‘l bo‘lishi, lekin adolatli ta'zir choralarini qo‘llashlari lozimligi ta'kidlab o'tildi.




