Buxoro viloyatida Ramazon hayiti namozlari ado etiladigan barcha masjidlar va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash maqsadida xodimlar xizmatga jalb etildi
2024-04-10 18:50:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Ramazon hayiti namozi vaqtida xavfsizlikni taʼminlash tadbirlariga jalb qilingan xodimlar ishtirokida tezkor yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Yoʻriqnomada xizmatga jalb qilingan xodimlarga Ramazon hayiti namozi vaqtida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar salomatligini asrash, sodir bolishi mumkin boʻlgan turli koʻngilsiz hodisalarga barham berish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida tegishli koʻrsatmalar berilib, xodimlar bilan xizmat oldi mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Shundan soʻng, Buxoro shahri hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazishga kirishildi.
Bu kabi tadbirlar Buxoro viloyatining barcha hududlari boʻylab oʻtkazilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









