Ichki ishlar vazirining ishchi guruh tarkibida boʻlgan vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Jizzax viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda
2024-03-15 10:10:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatining hududlarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, yoshlar bilan ijtimoiy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ishchi guruh tarkibida boʻlgan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov Zomin tumani “Duoba” QFYda joylashgan uzunligi 305 metr, balandligi esa 150 metrni tashkil etuvchi “Zomin osma dor yoʻli” koʻprigida hamda Suffa 2400 hududida joylashgan “Janping” koʻngilochar kompleksida xizmat olib borayotgan xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlimi xodimlar va soha vakillari bilan uchrashdi.
Oʻrganishlar davomida, xodimlar va soha vakillari uchun yaratilgan xizmat sharoitlari bilan tanishib, hudud tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda hamkorlikda ishni tashkil etish, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mazkur maskanga tashrif buyurayotgan sayyohlar hamda fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishlari yuzasidan bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, mazkur maskanda xizmat olib borayotgan sohaviy xizmat xodimlariga shaxsiy tarkibi oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, oʻtkazilayotgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish, xizmatga fidoiylik va sadoqat bilan yondashish, ijrochilik, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilinishini taʼminlash, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yoʻriqnomalar berdilar.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi