IIV huzuridagi JIED boʻlinmalari oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov gʻoliblari aniqlandi
2024-03-14 16:55:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ishchanlik muhitini yaratish maqsadida IIV huzuridagi jazoni ijro etish departamenti tomonidan tasdiqlangan buyruq asosida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Eng yaxshi jazoni ijro etish koloniyasi”, “Eng yaxshi tergov hibsxonasi”, “Eng yaxshi manzil-koloniyasi” va “Eng yaxshi sohaviy xizmat xodimi” koʻrik-tanlovi yuqoridagi fikrlarimizga yaqqol misol boʻla oladi.
Mana ikki yildirki ushbu koʻrik-tanlovda beshinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va uning tasarrufidagi koloniyalar faol ishtirok etib, yuksak natijalarni qayd etib kelmoqda.
Jumladan, departamentning 2023-yilning 15-iyul kunidagi 66-sonli buyrugʻiga asosan oʻtkazilgan koʻrik-tanlov natijalariga koʻra mintaqa va uning tasarrufidagi koloniyalar tomonidan turli nominatsiyalar jami 15 ta oʻrin qoʻlga kiritildi.
“Eng yaxshi jazoni ijro etish koloniyasi” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrinni 4-JIEK, 2-oʻrinni 5-JIEK, 3-oʻrinni esa 12-JIEK egallaganligi barchani birdek quvontirdi.
Bundan tashqari 6 ta nominatsiya boʻyicha 1-oʻrin, 5 ta nominatsiya boʻyicha 2-oʻrin beshinchi mintaqa tasarrufidagi koloniya sohaviy xizmat xodimlariga nasib etdi.
Ayni kunlarda koʻrik-tanlov gʻoliblarini taqdirlash tadbirlari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtmoqda.
Dastlab mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi majlislar zalida koʻrik-tanlovning “Eng yaxshi harbiy safarbarlik guruhi xodimi” nominatsiyasida faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan markaz harbiy safarbarlik guruhi MTB inspektori mayor Jamshid Nasulloyev taqdirlandi. Shundan soʻng markaz boshligʻi muassasalarga tashrif buyurib, barcha gʻoliblarga esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi.
IIV JIED Axborot xizmati