audio

    0+
    Fuqarolar uchun yana bir qulaylik yaratildi!

    1997-yil 18-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida bayonnoma kuchga kirganligi haqida eʼlon

    Mazkur bayonnoma 2023-yil 22-avgustda Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida imzolanib, 2024-yil 15-yanvarda kuchga kirdi.

    Ushbu bayonnoma ikki respublika fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston va Ozarbayjon hududiga kirish/chiqish, tranzit oʻtish va 15 kun muddatga oʻzlari boʻlib turgan davlatning vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtish majburiyatidan ozod etilishi belgilandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV

    • view_icon 172
    : 2024-02-15 07:59:40