Asosiy kontentga o'tish

IIV Akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olayotgan kursantlar uchun davra suhbati tashkil qilindi

2024-01-29 12:55:00 / Yangiliklar

“Muloqot” klubi doirasida oʻtkazilgan tadbir “Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish” mavzuiga bagʻishlandi.

Davra suhbatida IIV Tezkor-qidiruv departamenti vakili soʻz olib, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning jamiyat uchun xavfli xususiyatlari, ularni isteʼmol qilishning ayanchli oqibatlari, yoshlarni ushbu illatlardan asrash borasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik ishlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik masalalari, shuningdek, bu turdagi jinoyatlarni fosh etish usullarini amaliy misollar orqali tushuntirib oʻtdi.

Muloqot davomida kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmat

117

Oxirgi yangilanish: 2024-01-30 07:54:38

IIV Akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olayotgan kursantlar uchun davra suhbati tashkil qilindi