IIV Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2024-01-24 10:00:00 / Yangiliklar

Mehmonlarni akademiya boshligʻi oʻrinbosari Ruftullo Nigmatov qabul qilar ekan, manfaatli hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning dolzarb ahamiyatini eʼtirof etdi.
Muloqot chogʻida tomonlar oʻzaro kelgusidagi loyihalar yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, dolzarb mavzularda ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilar va tinglovchi-kursantlar uchun vebinar mashgʻulotlar, shuningdek zamonaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil etish borasida takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida oʻzaro hamkorlik va tajriba almashinuvini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati


