Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyevning Norin tumani “Uchtepa” mahallasida yashovchi aholini yashash va turmush sharoitlarini oʻrganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi
2024-01-24 09:00:00 / Yangiliklar
Navbatdagi oʻtkazilgan sayyor qabul davomida jami 28 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 28 ta murojaatlar qabul qilindi.
Mazkur murojaatlarning 23 tasi joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar masʼullarga biriktirildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan soʻng “Uchtepa” mahallasi profilaktika inspektorlarining faoliyati oʻrganilib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari tahlil qilindi hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati