Pastdargʻom tumanida Samarqand viloyati 3-sektorining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2024-01-09 15:50:00 / Yangiliklar

Qabulni viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Muzaffar Rahmatullayev oʻtkazdi.
Unda turli sohalarga oid 20 ga yaqin murojaatlar tinglandi.
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari har bir murojaatni atroflicha oʻrganib, qonuniy qaror qabul qilish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, bir guruh yoshlarga ID-kartalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi hujjatlari tantanali ravishda topshirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati



