Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, general mayor Azizbek Ikramov “Harbiy vatanparvarlik oromgohi”ga jalb qilingan yoshlar bilan uchrashdi
2023-12-19 16:00:00 / Yangiliklar
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi raisi Q. Kuranbayev hamda Fargʻona viloyat hokimi Х.Бозаровлар ishtirokida Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan yigʻilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatimizdagi mahallalardan jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan 102 nafar yoshlar jamlanib, ular uchun “Harbiy vatanparvarlik oromgohi” tashkil etilgan edi.
Bugun viloyat IIB boshligʻi, general mayor Azizbek Ikramov Fargʻona shahridagi harbiy qismda tashkillangan mazkur oromgohda boʻlib, bu yerdagi yoshlar bilan suhbat oʻtkazdi.
Ular yana bir bor kelgusida sogʻlom turmush tarzi tamoyillariga amal qilishga, ilm va hunar egallashga chorlandi.
“Ishga marhamat” monomarkazida oʻqib, kasb-hunar egallagan yigitlarga markazning sertifikatlari shu yerning oʻzida tantanali ravishda topshirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati