Toshkent viloyati Zangiota tumanida kuz-qish mavsumi yuzasidan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov oʻrganishlar olib bormoqda
2023-12-06 17:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimligi va mutasaddi tashkilot vakillari bilan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi koʻp qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarning tom qismidagi, kirish eshiklaridagi, elektr, gaz va ichimlik suvi taʼminotidagi muammolarni oʻrganildi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani Fayz mahallasida joylashgan xonadonlar, 44-sonli maktab taʼlim muassasalari hamda mahallada ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarning qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimi, elektr energiyasi, koʻmir zaxirasi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi



