Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga qabul qilish uchun tanlov
2025-01-05 20:40:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi Harbiy tuzilmalarining faoliyatini taʼminlash bazasida mavjud oddiy askar va serjantlar tarkibidagi quyidagi lavozimlarda kontrakt asosida harbiy xizmatga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov eʼlon qilinadi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- Yoshi 18 yoshdan katta va 30 yoshdan kichik boʻlishi;
- Boʻyi erkaklar uchun 170 sm, ayollar uchun 165 smdan kam boʻlmasligi;
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi;
- “Texnik” lavozimlarga: Axborot texnologiyalari, aloqa vositalari, kompyuter texnologiyalari va texnik qoʻriqlash vositalarini ishlab chiqarish yoki ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha muhandis va dasturlash boʻyicha kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi;
- “Feldsher” lavozimlarga: Tibbiyot hamshirasi, hamshiralik ishi va shu kabi yoʻnalishlar boʻyicha kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi hamda hozirda ushbu yoʻnalish boʻyicha ishlayotgan (ish joyidan maʼlumotnoma taqdim qilish kerak);
- “Buxgalter-hisobchi” lavozimlarga: buxgalter-hisobchi yoʻnalishi boʻyicha kamida oʻrta maxsus maʼlumotga hamda “UzASBO” dasturida ishlash tushunchasiga ega boʻlishi;
- “Haydovchi” lavozimlarga: “B” va “C” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi hamda avtotransport vositalarini texnik xususiyatlarini yaxshi bilishi.
Shartnoma asosida harbiy xizmatga kirish istagida boʻlgan fuqarolar oʻzlari bilan quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini koʻrsatilgan manzilga 2025-yilning 09-10 yanvar kunlari davomida soat 09:00 dan 18:00 ga qadar olib kelishlari soʻraladi:
- Shaxsini tasdiqlovchi ID-kartasi (biometrik pasporti);
- Harbiy guvohnomasi;
- Maʼlumoti toʻgʻrisida diplom;
- Ish joyidan maʼlumotnoma (faqat “feldsher” lavozimlariga nomzodlar uchun).
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Osh-1 tor koʻchasi. 1-uy.
Moʻljal: 32-son oilaviy poliklinikasi.
Murojaat uchun telefon: 71-209-98-57
IIV Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti