IIV akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solish: muammo va yechimlar” mavzuiga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi
2024-11-11 06:30:00 / Yangiliklar

Olimlar, amaliyot organlari xodimlari, turdosh oliy taʼlim muassasalari vakillari va kursantlar ishtirok etgan anjumanda mavzuning ilmiy-amaliy jihatlari qizgʻin muhokama qilindi.
Yigʻilganlar IIV Tezkor-qidiruv departamenti, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Bojxona instituti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi hamda IIV akademiyasi Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi vakillarining maʼruzalarini tingladilar. Tezkor-qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solishda uchrayotgan mavjud muammolarning yechimlari, sohaga doir qonunchilik normalarini takomillashtirish zarurati, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda idoralararo hamkorlik masalalari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Konferensiya yakunida faoliyatning takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati






