Asosiy kontentga o'tish

Buxoro viloyati IIB boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan Maxsus qabulxona” da saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi

2024-08-01 09:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududiy ichki ishlar organlarining yarim yillik ish natijalarini joyiga chiqqan holda oʻrganib, amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni sarhisob qilmoqda.

Shu maqsadda bugun, boshqarma boshligʻi masʼul rahbarlar bilan birgalikda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan Maxsus qabulxona” ga borib, muassasa faoliyatini oʻrgandi va muassasada saqlanayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.

Bunda ayniqsa, oila va turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir qilganligi, shuningdek, ajrim yoqasiga kelib, aliment toʻlashdan boʻyin tovlaganligi uchun saqlanayotgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻrganish davomida Muassasada saqlanayotgan shaxslarning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, maʼmuriy qamoq muddati tugaganidan soʻng ular bilan alohida tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish, ushbu shaxslarni faol ijtimoiy hayotga qaytarish, bandligini taʼminlash va boshqa bir qator masalalarda oʻzining tavsiyalari hamda manzilli topshiriqlarini berdi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

392

Oxirgi yangilanish: 2024-08-01 10:58:14

Buxoro viloyati IIB boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan Maxsus qabulxona” da saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi