Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
2024-07-27 09:35:00 / Yangiliklar
![Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F4567fe4f-37e0-2052-61ae-4bc0d1d922f5_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Toʻraqoʻrgʻon tuman madaniyat markazida Ichki ishlar vazirligi, Mahallalar uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Oila va xotin-qizlar, yoshlar ishlari boshqarmalari hamkorligidagi qoʻshma qarorga binoan ijtimoiy profilaktika obyektlarini “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritish mavzusiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ushbu mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, endilikda mahalla yettiligi oldida masʼuliyatli vazifalar jamlangani, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini mustahkam joriy etish orqali aholining tinch va farovon hayot kechirishi taʼminlanishi aytib oʻtildi.
Seminarda ushbu tizimdan foydalanishning afzallik tomonlari, ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar haqida maʼlumot va monitor orqali amaliy tushunchalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati