Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yilning birinchi yarmida boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning shahar-tuman IIB boʻlinmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2024-07-19 09:30:00 / Yangiliklar
Yigʻilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Isroil Himmatov ochib, ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyat davomida kunlik idoraviy va protsessual nazoratni kuchaytirish hamda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, ular bilan noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, tergov ish yuritishda halollik, qonuniylik, xolislik, adolat va insoniylik tamoyillariga amal qilishi lozimligini qayd etdi.
Koʻlami keng yigʻilishda Tergov boshqarmasi va uning shahar-tumanlari boʻlim va boʻlinmalari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar atroflicha tahlil etildi.
Jinoyatlarni tez va toʻliq ochish, qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, har bir jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har tomonlama toʻliq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrish tergov idoralarining asosiy vazifasi boʻlishini taʼkidlab oʻtildi.
Yakunda hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli oʻtkazilishini taʼminlagan, yuqori natijalarga erishib, xizmatdoshlariga uchun oʻrnak boʻlgan eng yaxshi tergovchi va surishtiruvchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati