Toshkent shahar Bektemir tumanida «Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
2024-06-20 10:00:00 / Yangiliklar
Bektemir tumani IIO FMB Yoshlar masalalari boʻyicha inspektorlar, probatsiya xizmati hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda «Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda jinoyat sodir etgan va sodir etishga moyil tuman yoshlari ishtirok etdi.
Mutasaddilar yoshlar orasida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalarni isteʼmol qilish koʻpayayotgani natijasida ogʻir turdagi jinoyatlar sodir etilayotganini qayd etishdi.
Shuningdek, narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar, ushbu turdagi qonunbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladigan jazo choralari xususida maʼlumotlar berildi.
Shu bilan birga, tumanda sodir etilgan bir qator jinoyatlar tafsilotlari bayon qilindi.
Tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga mazkur jinoyatlarning ayanchli oqibatlari ifodalangan videofilm namoyish etildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati