Andijon tumanida fuqarolarining sud-huquq masalalariga oid murojaatlari tinglandi
2024-06-20 08:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 19-iyun kuni Andijon tumanida aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni oʻrganish va ularni hal etishga qaratilgan sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Unda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, koʻplab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.
Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, ichki ishlar organlariga ishga joylashish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.
Bir soʻz bilan aytganda tashkil etilayotgan bu kabi sayyor qabullarda fuqarolarni qiynab kelayotgan koʻplab masalalarga mutasaddi rahbarlar koʻmagida yechim topilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati