audio

    0+
    AQSH davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari boʻyicha oʻrinbosari Uzra Zeya xonimning Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Joriy yilning 22-may kuni Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi jarayonida AQSH davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari boʻyicha oʻrinbosari Uzra Zeya xonimning​ Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Tadbir jarayonida ishtirokchilar ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari, xususan, Oʻzbekiston va AQSH huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, inson huquqlari, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan kiberjinoyatlar, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishlarida ijobiy tajriba almashish kabi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildilar.

    Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda sohaga oid masalalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

    IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

    • view_icon 204
    : 2024-05-22 22:10:31