Adliya vazirligining "Matonat" filmi "Oltin Humo" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
2024-12-27 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kuni kecha boʻlib oʻtgan "Oltin xumo – 2024" kinotaqdimotida "Matonat" filmi "Hakamlar hay’atining maxsus sovrini" bilan taqdirlandi.
"Oltin xumo" milliy mukofoti O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan 2019-yildan beri har yili gʻoliblarga taqdim etib kelinadi. Mukofot kino sohasidagi eng yorqin yutuqlarni taqdirlash va oʻzbek kinematografiyasidagi zamonaviy tendensiyalarga haqqoniy baho berish maqsadida ta’sis etilgan.
Ma’lumot uchun: "Matonat" hujjatli filmida denovlik nogironligi bor ayol Dilorom Yoʻldosheva haqida hikoya qilinadi.
Film 2024-yil 18-oktyabr kuni “Kino san’ati saroyi”da premyera qilindi. (https://t.me/adliyangiliklari/15806) Filmda Adliya vazirligining "Madad" ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida Dilorom Yoʻldoshevaning oddiy hunarmanddan tadbirkorga aylanish jarayonlari aks ettirilgan.
Film taqdimotidan soʻng Dilorom Yoʻldosheva BBCning 2024-yilda dunyoning ilhomlantiruvchi va ta’sirli 100 ayoli roʻyxatiga kiritildi. (https://www.bbc.com/russian/resources/idt-4f79d09b-655a-42f8-82b4-9b2ecebab611)
2024-yil 13-dekabr kuni Dilorom Yo‘ldosheva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi.
📹 Filmni tomosha qilish: https://www.youtube.com/watch?v=oTCyEmyI1jo


