O‘zbekistonda qanday turdagi o‘rmonlar bor?
2025-07-08 15:39:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonda o‘rmonlarning ko‘p qismi baland tog‘ yonbag‘irlari va chuqur daryolar vodiylarida to‘plangan. O‘rmon bu – daraxtlar bilan qoplangan keng maydon. O‘zbekistonda daraxt va butalar baland tog‘ yonbag‘irlarida, ayrim tekisliklarda, tog‘lardan oqib o‘tuvchi yirik daryolar bo‘yida uchraydi .O‘rmonzorlar yana bir go‘zal joy — G‘arbiy Tyan-Shan tog‘laridagi Oqsoqota darasida joylashgan. Tog‘ daryolarining tekisliklarida va daralar yonbag‘irlarida zich o‘sgan daraxtsimon o‘simliklarni ko‘rish mumkin.
O‘rta Osiyodagi o‘rmonlarni eng ko‘p tashkil qiluvchi o‘simliklar archalardir. Archazorlar juda ham zich chakalakzorlardir. Ba’zan archa o‘rmonlari shunchalik zich o‘sadiki, yaqin atrofdagi daraxtlar shoxlarini bir-biri bilan bog‘lab, deyarli o‘tib bo‘lmaydigan chakalakzor o‘rmonlarni hosil qiladi. Ularning tanasi juda katta, shoxlari esa yoyilgan, keng hajmli bo‘lib, issiq yoz kunlarida zarur soya bilan ta’minlaydi. Archa O‘zbekistonda juda qadrlanadi, ba’zi daraxtlar shu qadar qadimiyki, ular vaqt o‘tishi bilan ziyoratgoh va qadamjolarga aylangan. Bunday daraxtlarni Surxondaryo, Toshkent, Jizzax viloyatlari va hatto Buxoroning qadimiy me’moriy majmualari hududlarida ham ko‘rish mumkin. Archa o‘rmonlari sababli bunday joylarda havo o‘zining foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jizzax viloyati o‘zining archazor o‘rmonlari bilan mashhur. Shunday joylardan biri Turkiston tizmasida joylashgan Zomin davlat tog‘-archa qo‘riqxonasidir. U yerda, tog‘ yonbag‘irlari orasida mashhur “Zomin” sanatoriysi va boshqa mashhur dam olish uylari, bolalar oromgohlari joylashgan.
O‘rta Osiyoning asosiy daryolari Sirdaryo va Amudaryo bo‘ylab tekislik o‘rmonlari yoki to‘qay o‘rmonlari mavjud. Qoidaga ko‘ra, to‘qay o‘rmonlari atrof-muhitni muhofaza qilish obyekti hisoblanadi, chunki bunday o‘rmonlar Yerda juda kam uchraydi. Masalan, Qoraqalpog‘istondagi Baday-To‘qay qo‘riqxonasida qamishzorlar, terak, zaytun, majnuntol, turli xil suv qushlari, sutemizuvchilar, jumladan, Buxoro bug‘ularini uchratish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida Sayxun o‘rmon qo‘riqxonasi joylashgan bo‘lib, uning hududida keng to‘qay o‘rmonlari bor. O‘zbekistonning tipik cho‘l o‘rmoni saksovul o‘rmonlaridir. Saksovul o‘rmonlarini Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida uchratish mumkin. Bundan tashqari, bunday joylarda siz to‘liq hordiq chiqarishingiz mumkin. O‘tov lagerlari va dam olish maskanlari yuqori darajada hordiq chiqarish imkoniyatini taqdim etadi.
