“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh koʻrsatkichiga koʻra gʻolib “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi
2024-02-28 10:20:00 / Matbuot anjumanlari

Bugungi kunda mazkur nizomga asosan aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini qabul qilish tashkil etib kelinmoqda.
Ruxsatingiz bilan, sport sinovlari tashkil etish va oʻtkazish tartibi bilan Sizlarni tanishtirsam…..
v Sport sinovlarining maqsadi — aholining barcha qatlamlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati
va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.
v sport sinovlari – ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat.
v Sport sinovlari quyidagi 11 ta yosh toifasidagi guruhga boʻlinadi:
1-guruh — 7-8 yosh;
2-guruh — 9-10 yosh;
3-guruh — 11-12 yosh;
4-guruh — 13 — 15 yosh;
5-guruh — 16-17 yosh;
6-guruh — 18 — 29 yosh;
7-guruh — 30 — 39 yosh;
8-guruh — 40 — 49 yosh;
9-guruh — 50 — 59 yosh;
10-guruh — 60 — 69 yosh;
11-guruh — 70 yosh hamda undan katta yoshdagi shaxslar.
v Sport sinovlari erkaklar va ayollar uchun alohida hamda yosh guruhlari boʻyicha yiliga bir marta yanvar-dekabr oylarida oʻtkaziladi.
v Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashni tashkil etish va oʻtkazish sxemasiga muvofiq quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich — har yili yanvar oyida tuman (shahar) profilaktika inspektorlari, trenerlar va jismoniy tarbiya oʻqituvchilari tomonidan 7 yosh va undan katta yoshli fuqarolar orasidan yosh toifalari boʻyicha sport sinovlarida ishtirok etadigan ishtirokchilar roʻyxati mahallalar kesimida shakllantiriladi;
2-bosqich — har yili fevral oyida tuman (shahar) oilaviy poliklinika shifokorlari va tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan sport sinovlarida ishtirok etuvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi hamda sport sinovlarini topshirish uchun ishtirokchi arizasi toʻldiriladi;
3-bosqich — har yili mart — noyabr oylarida beshta yoʻnalishda sport sinovi ishtirokchilaridan quyidagi tartibda sport sinovlari qabul qilinadi:
a) 1-yoʻnalish (mart-aprel oylarida) — 7 yoshdan 17 yoshgacha;
b) 2-yoʻnalish (aprel-may) oylarida — 18 yoshdan 29 yoshgacha;
v) 3-yoʻnalish (avgust-sentyabr oylarida) — 30 yoshdan 49 yoshgacha;
g) 4-yoʻnalish (oktyabr-noyabr oylarida) — 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslardan;
d) 5-yoʻnalish (noyabr oyida) — davlat organlari
va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan;
4-bosqich — har yili may — dekabr oylarida beshta yoʻnalishda tuman (shahar) va hududiy ishchi guruhlari tomonidan sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan ishtirokchilar quyidagicha ragʻbatlantirilib boriladi:
a) 1-yoʻnalish (may oyida) — 7 yoshdan 17 yoshgacha;
b) 2-yoʻnalish (iyun oyida) — 18 yoshdan 29 yoshgacha;
v) 3-yoʻnalish (oktyabr oyida) — 30 yoshdan 49 yoshgacha;
g) 4-yoʻnalish (noyabr oyida) — 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslar;
d) 5-yoʻnalish dekabr oyining birinchi haftasida davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar.
Ixtiyoriy talablarni bajargan ishtirokchilarni ragʻbatlantirish yosh toifalar boʻyicha sport sinovlari tugashi bilan uch kun muddat ichida oʻtkaziladi;
5-bosqich — har yili dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida tuman (shahar) va hududiy ishchi guruhlari rahbarlari yil yakunlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini Sport sinovlarining oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasiga taqdim etadi;
6-bosqich — har yili dekabr oyining uchinchi oʻn kunligida Sport sinovlarining oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tuman (shahar), hududiy ishchi guruhlari rahbarlari yil yakunlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlar umumlashtiriladi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
v Ragʻbatlantirish masalasi boʻyicha:
sport sinovlarining ixtiyoriy talabini topshirganlar (faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan);
maxsus talablarni bajarganlar (I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari
va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
v Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlarning rahbar va xodimlari, instruktorlari, trenerlari, kursantlari, oʻquvchilari, sportchilari (sportchi pasporti yoki sport unvonlari va toifalariga ega shaxslar), shuningdek Sport vazirligi tizimidagi barcha sport taʼlim muassasalarining trenerlari, sportchi oʻquvchilari (sportchi pasporti yoki sport unvonlari va toifalariga ega shaxslar) uchun sport sinovlari talablari alohida ishlab chiqiladi
va kelishilgan holda Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
v Yosh koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi:
gʻolib va sovrindorlar (1, 2 va 3-oʻrin) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining
50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;
gʻoliblar (1-oʻrin) “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi;
gʻolib va sovrindorlar (1, 2 va 3-oʻrin) davlat tuman (shahar) koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtadi;
gʻoliblarga (1-oʻrin) umumiy foydalanishdagi davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishi taksi mustasno);
gʻolib va sovrindorlarning (1, 2 va 3-oʻrin) farzandlari oʻzlari yashayotgan joydagi umumtaʼlim maktabi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi;
gʻolib va sovrindorlarga (1, 2 va 3-oʻrin) ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etiladi;
gʻolib va sovrindorlarga (1, 2 va 3-oʻrin) respublika miqyosida ishga yoki oʻqishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (oliy taʼlim muassasalari sport yoʻnalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashgʻulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashgʻulotlardan ozod qilinishi) beriladi.
Agar yuqorida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻri tashkil etilgan taqdirda aholining salomatlik darajasini aniqlashga katta xissa qoʻshgan boʻlamiz.
Shu maqsadda, shu kunga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Ekspertlar va mutaxassislar hamda Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati xodimlari bilan birgalikda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlari qayta ishlab chiqildi;
Hududlarda sport sinovlarini tashkil etish hamda arizalarni platformaga kiritish va baholash boʻyicha jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda sport maktabining trenerlariga oʻquv seminarlari tashkil etildi.
Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida 1-mart kuni 208 ta tuman (shahar)da
1 tadan umumtaʼlim maktablarida sport sinovlarini qabul qilishga start berish marosimi tashkil etiladi.
Bunda, joriy yilning mart – aprel oylarida umumtaʼlim maktablarining 7-17 yoshgacha boʻlgan shaxslaridan sport sinovlari qabul qilinadi.
