Matbuot xizmati aloqalari
Quyidagilar Axborot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Vazirlik rahbariyati tomonidan belgilanadigan sohada axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
- Vazirlik faoliyati doirasidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar, normativ-huquqiy hujjatlarning mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;
- Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Vazirlik faoliyatining dolzarb jihatlarini, shuningdek sport sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirilishi masalalarini yoritish;
- Internet tarmog‘ida Vazirlikning veb-resursini (rasmiy veb-saytini) tashkil etish, unga sohaga oid axborotlarni muntazam joylashtirib borish.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!
Sizga Axborot xizmati doimiy hamkorlikka tayyor ekanligini, Vazirlik faoliyatiga oid tahliliy ma'lumot va sharhlarni olishingizga ko'maklashishga tayyor ekanini bildiramiz. Har bir murojaatingizga nisbatan sifatli va o'z vaqtida munosabat bildiriladi.
Axborot xizmati rahbari: Salomov Nurbek Normurodovich – Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun mas’ul shaxs
Тel.: +998 55 520-90-07
