Vazirlik haqida
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi “Yoşlar siyosati va sport sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–18-sonli Farmoniga muvofiq Yoşlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi taşkil eilişi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Yoşlar siyosati va sport vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar yoşlar siyosati va sport boşqarmalari negizida Qoraqalpoğiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar sport boşqarmalari taşkil etilişi belgilangan.
Farmonning 1-ilovasiga muvofiq quyidagilar Sport vazirligi faoliyatining ustuvor yönalişlari hisoblanadi:
a) sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş, unda iştirok etuvçi davlat organlarining uşbu yönalişdagi faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda mazkur sohada qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
b) sohaga oid kompleks dasturlarni işlab çiqiş hamda sport sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat taşkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş;
d) aholi örtasida sportni ommalaştiriş va soğlom turmuş tarziga keng jalb etiş, sport ta’limi tizimini takomillaştiriş, sport turlari böyiça yuqori natijador sportçilar zaxirasini yaratiş;
e) Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantiriş, nufuzli xalqaro musobaqalarda sportçilarning muvaffaqiyatli iştirokini ta’minlaş;
f) sport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, sohani bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;
g) sport sohasida xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş va mustahkamlaş, xalqaro şartnomalar tayyorlaş, tuziş va bajariş haqida takliflar taqdim etiş;
h) normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarning işlab çiqilişi va tasdiqlanişini taşkil etiş.
