Viloyat hokimi stipendiyasi sohiblari taqdirlash marosimi oʼtkazildi.
2025-06-30 18:00:00 / Yangiliklar

Maʼlumki, viloyatimizdagi umumiy oʼrta taʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli va ijodkor yoshlar uchun viloyat hokimi stipendiyasi taʼsis etilgan edi. Maxsus komissiya tomonidan joriy yilda ushbu stipendiyani olish uchun tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari belgilangan Nizom talablari asosida oʼrganib chiqildi va gʼoliblar aniqlandi.
Bugun viloyat hokimligida stipendiya sohiblarini taqdirlash marosimi oʼtkazildi. Viloyat hokimi Joʼrabek Raximov 26 nafar iqtidorli yoshlarga maxsus sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, viloyatimizdagi bir guruh faol yoshlar viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


