Yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi - BYD Chazor elektromobillari topshirildi
2025-04-05 14:30:00 / Yangiliklar

oytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yillardagi mavsum g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar bilan tanishing;
• Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.
• O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Toshkent shahri O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
• Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.
Barcha g‘olib kitobxonlarni va ularning ota-onalarini chin yurakdan tabriklaymiz!


