KORRUPSIYA – JAMIYAT RIVOJIGA TO‘SIQ
2025-12-25 17:10:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlash borasida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha Xorazm viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Shunga asosan, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari, ochiq muloqotlar tashkil qilindi. Boshqarma hamda tuman bo‘limlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid huquqiy axborotlar aks etgan bukletlar, targ‘ibot materiallari tayyorlab, tarqatildi.
So‘ngi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladigan nazorat va tekshirish jarayonlariga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi hamda inson omilining kamaytirilishi hisobiga adolatli va xolisona yondashuv asosida qarorlar qabul qilinayotganini ta’kidlash lozim.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aynan shunday yondashuv hisobiga joriy yilda boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan 21 mingdan ortiq nazorat tadbirlari yoki 700 dan ortiq tekshirishlar davomida korrupsiyaviy holatlar aniqlanmadi.
Kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilab oldik.
N. Ismailov,
“O‘zagroinspeksiya”ning Xorazm viloyati
boshqarmasi boshlig‘i v.v.b.
