Viloyatimizdagi eng chekka mahallalardan biri - Tuproqqal’a tumanidagi Sarimoy mahallasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil oldidan bayram tadbiri o‘tkazildi.
2025-12-20 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi, tibbiy ko‘rik, bank xizmatlari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlar ko‘rgazmalari, "Besh tashabbus" doirasida sport musobaqalari tashkil etildi. Mahalla markazida qad rostlagan ko‘rkam archa atrofida teatrlashtirilgan bayram tomoshalari tashkil qilinib, bolajonlarga sovg‘alar ulashildi. Ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.
Tuproqqal’a maskani hududidagi mahallalar ahli, viloyatimizdagi milliy madaniy markazlar vakillari, nuroniylar ishtirokidagi tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi. Faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh yurtdoshlarimiz viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati









