Hurmatli Prezidentimiz joriy yilning 17-oktabrida Kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvida har bir viloyatda “Kasaba uyushmalari bog‘i”ni tashkil qilishni taklif qilgan edilar.
2025-12-22 17:05:00 / Yangiliklar

✅ Viloyatimizda Urganch tumanining shaharga chegaradosh hududida 20 gektar maydonda ana shunday bog‘ yaratildi.
✅Nuroniylar, mehnat faxriylari, kasaba uyushmalari faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ushbu bog‘ning ochilish marosimi o‘tkazildi.
✅ Tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov qatnashib, yangi bog‘ning tashkil etilishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.
✅ Ma’lumot uchun, “Kasaba uyushmalari bog‘i”ga vohamiz tuproq va iqlim sharoitiga mos 35 ming tup eng sara daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan. Bog‘ markazida esa mehnatni ulug‘lovchi ramziy stella o‘rnatilgan. Bundan tashqari bog‘ hududida yurish va yugurish yo‘laklari, ayvonlar tashkil qilingan bo‘lib, mehnatkashlarining dam olishlari, sog‘lom turmush tarzini olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati









