Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Islom taraqqiyot banki va O'zbekiston mahallalari uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolarini qabul qildi.
2025-12-02 12:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi rejalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning qo‘shma tashabbusi bo‘lib, Islom taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, yashil texnologiyalarni joriy etish va jamoalarning o‘zini o‘zi boshqarish salohiyatini kuchaytirish orqali qishloq hududlarida inklyuziv va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha doirasida Gurlan, Yangibozor, Urganch, Xonqa, Bog‘ot va Hazorasp tumanlaridagi jami 49 ta mahallada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
