Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida MAʼLUMOT
2026-01-10 16:20:00 / Hisobotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son, 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmonlari va 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qarorida belgilangan talablariga muvofiq, Qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, hududlarga tashriflari hamda huzurlarida oʻtkazilgan yigʻilish bayonlari topshiriqlarini ijro holati har hafta juma kuni – vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida, har hafta dushanba kuni – vazir huzurida, har oyda – vazirlik hayʼat majlislarida doimiy tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan topshiriqlarning soni keskin ortgan.
Maʼlumot uchun:
2020-yilda jami 133 ta hujjatda 544 ta topshiriq;
2021-yilda jami 202 ta hujjatda 951 ta topshiriq;
2022-yilda jami 157 ta hujjatda 715 ta topshiriq;
2023-yilda jami 166 ta hujjatda 1 725 ta topshiriq;
2024-yilda jami 185 ta hujjatda 1 047 ta topshiriq;
2025-yilda jami 278 ta hujjatda 1 491 ta topshiriq;
Jumladan, ijro muddati 2025-yil OKTYABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 147 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 37 ta topshiriq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 46 ta topshiriqning ijrosi toʻliq taʼminlandi.
Ijro muddati 2025-yil NOYABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 152 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 18 ta topshiriq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 39 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
Ijro muddati 2025-yil DEKABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 494 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 7 ta topshiriq, Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalyutsalaridagi 54 ta topshiriq, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 68 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
Shuningdek, 2026-yil YANVAR oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 133 ta asosiy topshiriqdan 36 ta (27.1 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan. Qoldiq 97 ta.
Prezident topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 22 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyev – 13 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 28 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 20 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 14 ta
2026-yil YANVAR oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining jami 2 ta topshiriqdan 1 ta (50 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan. Qoldiq 1 ta.
Prezident Administratsiyasi rahbari topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 1 ta
2026-yil YANVAR oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalyutsalari jami 19 ta topshiriqdan 7 ta (36.8 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan. Qoldiq 12 ta.
Prezident Administratsiyasi rahbari rezalyutsalari komplekslar kesimida:
Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 6 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 4 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 2 ta.
2026-yil YANVAR oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlaridagi jami 22 ta topshiriqdan 9 tasi (40.9 %) ning ijrosi taʼminlangan. Qoldiq 13 ta.
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 1 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyev – 1 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 3 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 7 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 1 ta.
“Ijro.gov.uz” tizimida Davlat rahbari topshiriqlarining belgilangan muddatda va toʻliq bajarilishini taʼminlash, ijrosi kechiktirilayotgan topshiriqlarni tanqidiy muhokama qilib, kechiktirilgan har bir holat boʻyicha taʼsirchan choralarni qoʻllash hamda ijrosini yakuniga yetkazish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, 2025-yil 12-dekabr kuni Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati rahbar va hodimlari ishtirokida ijro muddati keladigan topshiriqlar holati yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining sifatli bajarilishi taʼminlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda joriy yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbar xodimlari uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparati faoliyatida 2025-yilda “Ijro.gov.uz” tizimida nazorat topshiriqlar ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchiliklar va muammolar, shuningdek, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha muhokama va kelishish jarayonlari olib borildi.
Mazkur jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib-taomillarga muvofiq ravishda Ijro.gov.uz elektron ijro intizomi tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Hujjatlarni ko‘rib chiqish, ularni tahlil qilish, taklif va e’tirozlarni kiritish, shuningdek idoralararo kelishuvlarni rasmiylashtirish ushbu platforma vositasida raqamlashtirilgan holda yuritilmoqda.
Hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro elektron muloqotning yo‘lga qo‘yilgani hujjatlar aylanishi samaradorligini oshirish, qarorlar qabul qilish jarayonini tezlashtirish va ijro intizomini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur tartib asosida barcha tegishli hujjatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi bo‘yicha ishlarni belgilangan talablarga muvofiq davom ettirmoqda.
